O‘zbekiston Shveysariya bilan Gulnora Karimovaning aktivlarini mamlakatga qaytarish bo‘yicha yangi kelishuv imzoladi. Shveysariya yana 182 mln dollarni O‘zbekiston xalqiga BMTning Uzbekistan Vision 2030 ko‘p sheriklik trast jamg‘armasi orqali qaytarishi kutilmoqda.
Shveysariya prokuraturasi Lombard Odier xususiy banki va uning sobiq xodimini jinoiy daromadlarni yuvishda ayblamoqda. Ular Gulnora Karimovaning jinoiy faoliyatini yashirishga yordam berishda “hal qiluvchi rol” o‘ynagani ta’kidlanyapti.
Shveysariya Bosh prokuraturasi mamlakat federal jinoyat sudiga Gulnora Karimova va uning sherigiga nisbatan ayblov xulosasini kiritdi. Ular jinoiy tashkilot faoliyatida ishtirok etish, pul yuvish kabi jinoyatlarda ayblanmoqda. Prokuratura 483 mln dollarlik aktivlarni musodara qilish bo‘yicha ham so‘rov kiritgan.
Gulnora Karimovaning Shveysariyada musodara qilingan aktivlarini qaytarish uchun tuzilgan Uzbekistan Vision 2030 jamg‘armasi BMTning yangi loyihasini moliyalashtirish uchun 43,5 mln dollar ajratdi. U O‘zbekistonda oldini olish mumkin bo‘lgan onalar va chaqaloqlar o‘limini kamaytirishga qaratilgan.
Britaniya hukumati Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan ikkita kvartira va uyni musodara qildi. Ta’kidlanishicha, ular O‘zbekistondagi korrupsion faoliyatdan olingan daromadlar evaziga sotib olingan. Mulklarning umumiy qiymati 20 mln funt sterlingdan ortiqqa baholanmoqda.
Adliya vazirining o‘rinbosari Muzraf Ikramov Gulnora Karimovaning advokatlari sudda g‘alaba qozongani va $303 mlnlik mablag‘ni qaytarib olishi mumkinligiga munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sud hali yakuniga yetmadi va O‘zbekiston tomoni Shveysariya organlari bilan tegishli choralarni ko‘rmoqda.
Shveysariya sudi Gulnora Karimova va uning jinoiy sheriklarining $336 mln mablag‘larini musodara qildi. Qo‘shimcha $350 mln mablag‘larni musodara qilish masalasi ko‘rilmoqda. Boshqa davlatlardagi aktivlarning umumiy hajmi 14,3 trln so‘mga teng. Bu mablag‘larga 1400 tadan ortiq maktab qursa bo‘ladi.
O‘zbekiston va Shveysariya 16 avgust kuni Gulnora Karimovaning aktivlarini Shveysariyadan qaytarish bo‘yicha yakuniy bitimni imzoladi. $131 mlnga (taxminan 1,4 trln so‘m) teng aktivlar O‘zbekistonga BMTning «Uzbekistan Vision 2030» ko‘p-sheriklik trast jamg‘armasi orqali qaytarilishi kutilmoqda.
Shveysariya apellyatsiya sudi Gulnora Karimovaga qo‘yilgan pora olish bo‘yicha ayblov yuzasidan uning advokatlari kiritgan shikoyatni qisman qanoatlantirdi. Mazkur sud qarori unga muzlatib qo‘yilgan 303 mln dollar mablag‘ni qaytarib olishga yordam berishi mumkin, deb yozmoqda Bloomberg Law.
Gulnora Karimovaga tegishli ekani taxmin qilinayotgan hashamatli ko‘chmas mulk u qamoqdalik vaqtida 68,4 mln dollarga qayta sotilgan bo‘lishi mumkin, deya xabar qildi Kanadaning The Globe and Mail nashri.
Gulnora Karimovaga nisbatan jinoyat ishi doirasida musodara qilingan aktivlarni qaytarish uchun BMTning ko‘ptomonlama trast jamg‘armasi tashkil etiladi. Adliya vazirligi mablag‘lar O‘zbekiston aholisi farovonligini yaxshilash uchun ijtimoiy sohaga sarflanishini ma’lum qildi. Shuningdek, Fransiyadan yana 10 mln dollar qaytarildi, qolaversa, 131 mln dollarlik aktivlar O‘zbekistonga qaytarilishga tayyor.
Shveysariyaning federal jinoyat sudi Gulnora Karimova benefitsiari bo‘lgan Takilant kompaniyasining muzlatilgan 350 mln dollar ko‘proq mablag‘ning 293 mln dollarini musodara qildi. Taxminan 70 mln dollar esa jinoyat natijasiga qo‘lga kiritilgani aniqlanmagani uchun kompaniyaga qaytariladi. Shu bilan sud Karimova bilan bog‘liq jinoyat ishi doirasida yana bir bobni yopdi. Adliya vazirligi 293 mln dollarni O‘zbekistonga qaytarishga umid qilmoqda.
Gulnora Karimovaning advokati sentabr oyi o‘rtalarida mijozi bilan uchrashuvda uning qo‘lida ko‘karishlarni ko‘rganini xabar qilgan edi. Ombudsman Feruza Eshmatova koloniyada ko‘rishganida birinchi prezidentning qizi bilan hammasi yaxshi bo‘lganini va qaytadan monitoring o‘tkazilishini aytdi. U shuningdek, qamoqxonalarda qisqa muddatli uchrashuvlar qayta tiklanganini ham ma’lum qildi.
Komil Allamjonov Saida Mirziyoyevaning ba’zi tashabbuslarini Gulnora Karimovaning g‘oyalari va loyihalari bilan taqqoslash haqida fikr bildirdi. «U paytdagi xatolar bizga ko‘proq bu yo‘lda xato qilishimizga yoki ularning qilgan xatoliklari bizga bir ko‘rgazma, aslida. Biz shu xatolarni qilsak, loyihalarni shunday xatolik bilan qilsak qanday oqibatlarga olib kelishini ko‘rganmiz. Bu bizga saboq», — deya qo‘shimcha qiladi u.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan «Sijjak» oromgohi suratlarini taqdim qildi. Maskan ommaviy savdolar orqali sotuvga qo‘yilgan.
Shveysariyaning federal apellyatsiya sudi Gulnora Karimovaning Takilant Ltd. kompaniyasi qonuniy benefitsiari ekani to‘g‘risidagi da’vosini ko‘rib chiqadi. 2018 yilgi ushbu kompaniyaga tegishli 350 mln dollar muzlatilgan edi. Endi, Karimovaning vakillari ushbu muzlatilgan aktivlarni qaytarib olishi mumkin. “Bu Gulnora Karimova uchun muhim g‘alaba”, — dedi uning advokati Gregori Manja.
O‘zbekiston va Shveysariya Gulnora Karimova hisoblaridan musodara qilingan pul mablag‘larini qaytarish shartlari bo‘yicha kelishuvga erishishdi. Mablag‘lar «xalq hayotini yaxshilashga sarflanishi», jarayon esa shaffoflik va hisobdorlik tamoyillari asosida tashkil etilishi lozim.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting